
«Arsenal» sardori Martin Edegor Yevropaning bir nechta yetakchi klubi e’tiborini tortmoqda.
Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, top-klublar 27 yoshli norvegiyalik yarim himoyachining o‘yinlarini diqqat bilan kuzatmoqda.
Biroq «Arsenal» yetakchi futbolchisini sotish niyatida emas. Londonliklar Edegor bilan yangi shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Futbolchining amaldagi kelishuvi 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Uning bozor qiymati 80 million yevroga baholanmoqda.