«Manchester Siti» himoyachisiga uchta klub qiziqish bildirmoqda

  • Mr.NoBoDy30.10.2026 11:52
  • 0
  • 30

«Manchester Yunayted» qishki transferlar davrida shahardosh raqibi «Manchester Siti» himoyachisi Rayan Ait-Nurini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, 25 yoshli jazoirlik futbolchiga «qizil iblislar»dan tashqari «Everton» va Turinning «Yuventus» klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Ait-Nurining transfer qiymati taxminan 50 million yevroga baholanmoqda. Uning kelajagi yanvar oyidagi transfer bozorining muhim mavzularidan biriga aylanishi kutilmoqda.

Himoyachi 2025 yil yozida «Manchester Siti» safiga qo‘shilgan va klub bilan 2030 yil 30 iyunigacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.

Hozircha Ait-Nurining qaysi klubga o‘tishi mumkinligi borasida rasmiy kelishuv mavjud emas.

Ўхшаш янгиликлар