
"Liverpul" o‘zining sobiq himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldni Madridning "Real" klubidan qaytarish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Cadena Ser nashrining xabar berishicha, mersisaydliklar 28 yoshli angliyalik futbolchini yanvar oyida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
"Liverpul" rahbariyati himoyachining vakillari bilan dastlabki muzokaralarni boshlagan. Klub Trentni to‘liq sotib olish o‘rniga ijaraga olish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.
Aleksander-Arnold "Liverpul" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2025 yilda mersisaydliklar safini tark etib, "Real"ga o‘tgan edi.
Angliyalik futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil 30 iyunigacha mo‘ljallangan.
Ayni paytda Aleksander-Arnoldning bozor qiymati 60 million yevroga baholanmoqda.