"Liverpul" "Barselona" himoyachisini arzonroq narxga sotib olmoqchi

  • Mr.NoBoDy30.10.2026 10:26
  • 12
  • 30

"Liverpul" "Barselona" himoyachisi Ronald Arauxoni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini jiddiy o‘rganmoqda.

Jurnalist Lyuis Stilning xabar berishicha, urugvaylik futbolchining o‘yinlari mersisaydliklar rahbariyatida ijobiy taassurot qoldirgan. Shu sababli klub uni to‘liq sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Liverpul" kataloniyaliklar bilan muzokaralar o‘tkazib, Arauxoni shartnomada belgilangan narxdan arzonroqqa qo‘lga kiritishga umid qilmoqda.

Himoyachining tovon puli taxminan 55 million yevroni tashkil etadi.

Joriy mavsumda Arauxo 13 ta o‘yinda 2 ta gol va 1 ta assist qayd etgan.

Transfermarkt portali markaziy hamda o‘ng qanot himoyasida o‘ynay oladigan futbolchining bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар