
"Real" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold yaqin vaqt ichida Angliya Premyer-ligasiga qaytishni rejalashtirmayapti.
Marca nashrining xabar berishicha, 28 yoshli futbolchi madridliklar asosiy tarkibidan muntazam joy ololmayotganiga qaramay, klubni tark etish niyatida emas.
So‘nggi paytlarda Trentning yanvar oyida Angliyaga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. APLning bir qator klublari ham uni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.
Biroq angliyalik himoyachi "Real"da qolib, bosh murabbiy Joze Mourinyuga o‘z imkoniyatlarini isbotlashni maqsad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Aleksander-Arnold 2025 yil yozida "Liverpul"dan "Real"ga o‘tgan.
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.