
«Monako»ning 20 yoshli hujumchisi Paris Brunner Yevropaning bir qator yirik klublari e’tiboriga tushdi.
Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, «Chelsi» skautlari monegasklarning so‘nggi uchrashuvini stadiondan kuzatib, yosh futbolchining harakatlarini baholagan.
Brunnerga «Arsenal», «Tottenxem», «Barselona», «PSJ» va «Bavariya» ham qiziqish bildirmoqda.
«Monako» qishki transfer oynasida futbolchi bo‘yicha muzokaralarga tayyor. Fransuz klubi uni to‘liq sotish yoki 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga berish variantlarini ko‘rib chiqishi mumkin.
Brunnerning transfer qiymati 15 million yevroni tashkil etadi. Uning shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.