
«Inter» «Liverpul»ning hujumkor yarim himoyachisi Federiko Kyezani qishki transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Jurnalist Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, milanliklar 29 yoshli italiyalik futbolchining transferi bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshlagan.
«Liverpul» Kyezani 15 million yevroga baholamoqda. Transfermarkt portalida esa uning qiymati 10 million yevro deb ko‘rsatilgan.
Joriy mavsumda Kyeza APLda atigi bitta uchrashuvda qatnashgan. Uning mersisaydliklar bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.