
Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klubi hujumchisi Ayven Toni Angliya Premyer-ligasiga qaytishi mumkin.
Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, 30 yoshli futbolchiga «Nyukasl» qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi uni yanvarda sotib olishga urinishi mumkin.
2024 yildan buyon «Al-Ahli»da to‘p surayotgan Tonining transfer qiymati 20 million yevroga baholanmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Angliyalik hujumchi joriy mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatining 9 ta o‘yinida 12 ta gol urgan.