«Barselona» Porroning transferini keyinga qoldirmoqchi

  • Mr.NoBoDy29.10.2026 16:00
  • 3
  • 30

«Barselona» «Tottenxem»ning o‘ng qanot himoyachisi Pedro Porroni qishki transfer oynasida sotib olish rejasini keyinga qoldirishi mumkin.

Esport3 ma’lumotiga ko‘ra, klub prezidenti Joan Laporta 27 yoshli ispaniyalik futbolchining o‘yinini yuqori baholaydi. Biroq kataloniyaliklar yanvarda uni xarid qilishga urinmasligi kutilmoqda.

«Barselona» qishki transfer oynasida asosiy e’tiborni markaziy himoyachi sotib olishga qaratishni rejalashtirgan.

Porro joriy mavsumda barcha musobaqalarda 5 ta o‘yin o‘tkazib, gol yoki assist qayd etmadi.

Transfermarkt portali himoyachini 45 million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар