
«Barselona» qishki transfer oynasida «Chelsi»ning 19 yoshli vingeri Estevao Villianni ijaraga olishi mumkin.
Diario Sport ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar londonliklar safida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan braziliyalik futbolchining vaziyatini diqqat bilan kuzatmoqda.
Estevao yanvarda «Chelsi»dan ijaraga ketishga ruxsat so‘rashi mumkin. «Barselona» esa bundan foydalanishga tayyor, chunki klub sport direktori anchadan buyon yosh futbolchining iqtidorini yuqori baholaydi.
Joriy mavsumda Estevao barcha musobaqalarda 8 ta o‘yin o‘tkazib, gol yoki assist qayd etmadi.