«Arsenal»ning Aleks Baenani sotib olish rejasi barbod bo‘lishi mumkin

  • Mr.NoBoDy29.10.2026 15:52
  • 3
  • 30

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Aleks Baena qishki transfer oynasida «Arsenal»ga o‘tmasligi mumkin.

Football Insider ma’lumotiga ko‘ra, madridliklar londonliklarning jiddiy qiziqishiga qaramay, 25 yoshli ispaniyalik futbolchini yanvarda sotish niyatida emas.

«Arsenal» Baenani qo‘lga kiritishi uchun «Atletiko» rad eta olmaydigan darajada katta taklif yuborishi kerak. Shuningdek, ingliz klubi transferni kelasi yozda amalga oshirishga urinishi mumkin.

Joriy mavsumda Baena barcha musobaqalarda 13 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 3 ta assist qayd etdi. Transfermarkt uni 45 million yevroga baholamoqda.

«Atletiko» navbatdagi uchrashuvini 31 oktyabr kuni «Levante»ga qarshi o‘tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар