
«Liverpul» va «Tottenxem» «Hall Siti»ning 23 yoshli darvozaboni Konstantinos Solakisga qiziqish bildirmoqda.
Insayder Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, har ikki klub gresiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Solakisning «Hall Siti» bilan shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Uning transfer qiymati 22 million yevroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda darvozabon APLda 8 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol o‘tkazib yubordi.
Ayni paytda «Hall Siti» 10 ochko bilan chempionat jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi.