
«Barselona» «Galatasaroy»ning 21 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Aleksey Batrakovga qiziqish bildirmoqda.
Diario Sport ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar skautlari rossiyalik futbolchini bir necha yildan buyon kuzatib kelmoqda. Ayniqsa, Chempionlar ligasidagi o‘zaro uchrashuvdan keyin unga bo‘lgan qiziqish kuchaygan.
Hozircha klublar o‘rtasida muzokaralar yo‘q. Batrakovga «PSJ» va boshqa Yevropa grandlari ham qiziqmoqda.
Asosiy to‘siq — futbolchining shartnomasida belgilangan 55 million yevrolik tovon puli. «Barselona» hozircha bunday mablag‘ to‘lashga tayyor emas, biroq Batrakov o‘sishda davom etsa, vaziyat o‘zgarishi mumkin.
Joriy mavsumda Batrakov «Galatasaroy» safida 10 ta o‘yinda 2 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.