
"Komo" klubining hujumkor yarimhimoyachisi Nikolas Pas Angliyaning ikki klubi — "Chelsi" va "Manchester Yunayted" e’tiborini tortdi. Ushbu jamoalar 22 yoshli argentinalik futbolchini kelasi mavsum uchun ehtimoliy kuchaytirish varianti sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Biroq futbolchining kelajagi faqatgina Angliya Premyer-ligasi klublarining qiziqishiga bog‘liq emas. Pas avval to‘p surgan Madridning "Real" klubi uni 80 million yevro evaziga qayta sotib olish huquqini saqlab qolgan. Mazkur band kelasi yilning 1 iyulidan 15 iyuligacha amal qiladi.