
Italiyaning "Komo" klubi bosh murabbiyi Sesk Fabregas "Barselona"da Xans-Diter Flikning ehtimoliy o‘rinbosari sifatida asosiy nomzodga aylandi. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Fabregas "Barselona" bosh murabbiyligi uchun asosiy da’vogar hisoblanmoqda. Biroq gap uni yaqin orada tayinlash haqida bormayapti. Ispaniyalik mutaxassis Flik o‘z lavozimini tark etishga qaror qilgan taqdirda, uning ehtimoliy o‘rinbosari sifatida ko‘rilmoqda.
"Barselona" Ispaniya chempionati turnir jadvalida 27 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Kataloniyaliklar yangi mavsumda o‘tkazilgan to‘qqizta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonishgan.
25 oktyabr kuni Flik shogirdlarini Madridning "Real" klubiga qarshi muhim bahs kutmoqda.