
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi "Oltin to‘p"ni topshirish marosimida ishtirok etish-etmasligi haqida hali bir qarorga kelmagan. Tadbir 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
Diario SPORT nashri xabar berishicha, 39 yoshli argentinalik futbolchi hali yakuniy qarorni qabul qilmagan. Messi avvalroq Ispaniyadagi tadbirda ishtirok etgan, endi esa AQSHga qaytishi kerak.
Agar Messi Londondagi marosimga borishga qaror qilsa, qisqa vaqt ichida kamida yana ikki marta uzoq masofali parvozni amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi. Ayni paytda "Inter Mayami"ni MLS muntazam chempionatining hal qiluvchi bosqichi kutmoqda.
2026 yilgi "Oltin to‘p" uchun asosiy favorit sifatida Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Xarri Keyn ko‘rilmoqda.