iks
ads


«Barselona»da ish tashlash boshlandi — «Real»ga qarshi o‘yin taqdiri nima bo‘ladi?

  • Mr.NoBoDy23.10.2026 14:00
  • 3
  • 30

«Barselona» klubi xodimlarining uch kunlik ish tashlashiga qaramay, yakshanba kuni «Real»ga qarshi o‘tkaziladigan «el-klasiko» belgilangan reja asosida tashkil etilishini ma’lum qildi.

Diario Sport nashrining xabar berishicha, Kataloniya klubining taxminan 60 nafar doimiy mavsumiy xodimi mehnat sharoitlaridan norozi bo‘lib, ish tashlash e’lon qilgan.

Norozilik aksiyasi 23 oktyabr kuni yarim tunda boshlangan bo‘lib, 26 oktyabr soat 06:00 ga qadar davom etadi.

Xodimlarning ta’kidlashicha, so‘nggi vaqtlarda ularning mehnat sharoitlari yomonlashgan. Xususan, yirik sport tadbirlarini tashkil etish va logistika ishlarini ta’minlash uchun xodimlar soni yetarli emasligi asosiy muammolardan biri sifatida ko‘rsatilgan.

Mazkur masala yuzasidan Kataloniya mehnat sudida muzokaralar o‘tkazilgan, biroq tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olmagan. Shu sababli ish tashlash davom etmoqda.

Shunga qaramay, «Barselona» rahbariyati dam olish kunlariga rejalashtirilgan barcha rasmiy uchrashuvlar o‘z vaqtida bo‘lib o‘tishini ta’kidlamoqda.

Bu nafaqat «Kamp Nou»dagi «el-klasiko», balki «Estadi Yoxan Kroyf» va «Palau Blaugrana» sport inshootlaridagi musobaqalar, shuningdek, «Joan Gamper» sport majmuasidagi yoshlar jamoalari o‘yinlariga ham taalluqli.

Klub mas’ullari barcha tadbirlarni odatdagidek tashkil etish uchun yetarli ishchi kuchi mavjudligiga ishonch bildirmoqda.

Biroq xodimlar bilan bog‘liq mehnat nizosi hozircha hal etilmagan. Shu bois mazkur masala dam olish kunlaridan keyin yana muhokama qilinishi mumkin.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar