iks
ads


Kurtua: "Meni terma jamoa futbolchilari chatidan o‘chirishdi"

  • Mr.NoBoDy23.10.2026 11:00
  • 9
  • 30

Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua Belgiya terma jamoasi futbolchilarining umumiy chatidan chiqarib yuborilganini ma’lum qildi.

Belgiyalik golkiperning aytishicha, u milliy jamoaga qaytishni rejalashtirmayapti va mazkur vaziyatdan hech qanday norozilik bildirmayapti.

"Meni boshqa futbolchilar muloqot qiladigan umumiy chatdan chiqarib yuborishdi. U yerda mashg‘ulotlar va oldinda turgan tadbirlar haqida ma’lumotlar tarqatiladi.

Bu holat meni mutlaqo tashvishlantirmaydi. Men hech qachon Belgiya terma jamoasining asosiy tarkibidan joy olishim avtomatik ravishda kafolatlangan, deb hisoblamaganman", — deya Kurtuaning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it nashri.

Eslatib o‘tamiz, Tibo Kurtua ayni paytda Madridning "Real" klubi sharafini himoya qilmoqda.

Belgiyalik darvozabon faoliyati davomida Ispaniya poytaxtining yana bir klubi — "Atletiko" tarkibida ham to‘p surgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar