
«Barselona» himoyachisi Jerar Martin Myunxenning «Bavariya» klubi e’tiboriga tushdi. Germaniya grandi ispaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Fichajes nashrining xabar berishicha, «Bavariya» kelasi yozgi transferlar oynasida 24 yoshli himoyachi uchun «Barselona»ga 40 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda. Biroq Kataloniya klubi Martinni qo‘yib yuborish niyatida emas va u bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga harakat qilmoqda.
Hozirda futbolchining shartnomasida belgilangan tovon puli 100 million yevroni tashkil etadi.
Jerar Martinga Angliya Premyer-ligasining bir qator klublari ham qiziqish bildirmoqda. Xususan, «Chelsi», «Liverpul» va «Tottenxem» uning atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Shuningdek, Italiyaning «Milan» klubi ham himoyachi haqida ma’lumot so‘ragan.
Joriy mavsumda Jerar Martin «Barselona» safida barcha musobaqalar doirasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Biroq u hozircha gol urish yoki golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘lmadi.