iks
ads


APLning beshta grandi bir futbolchi uchun kurashmoqda — uning narxi ma’lum bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy23.10.2026 12:00
  • 9
  • 30

Belgiyaning «Bryugge» klubi hujumchisi Nikolo Tresoldi Yevropaning bir qator yetakchi jamoalari e’tiborini tortmoqda. Ayniqsa, Angliya Premyer-ligasi grandlari 22 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.

TEAMtalk nashrining xabar berishicha, Tresoldining xizmatlariga «Arsenal», «Manchester Siti», «Tottenxem», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» kabi klublar qiziqmoqda.

Biroq hujumchini qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, «Bryugge» o‘z futbolchisini 40 million yevrodan yuqori summaga baholamoqda. Shu bilan birga, Belgiya klubi Tresoldini joriy mavsum yakunlanguniga qadar qo‘yib yuborishni rejalashtirmayapti.

Iste’dodli hujumchi joriy mavsumda samarali o‘yinlari bilan ajralib turibdi. U barcha musobaqalar doirasida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 9 ta gol urdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar