iks
ads


Kvarasxeliyaning jarohatidan so‘ng Enrike noodatiy yechim topdi

  • Mr.NoBoDy23.10.2026 12:13
  • 9
  • 30

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike jiddiy jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqqan Xvicha Kvarasxeliyaning o‘rnini to‘ldirish uchun noodatiy yechimni ko‘rib chiqmoqda.

L’Equipe nashrining xabar berishicha, ispaniyalik mutaxassis portugaliyalik chap qanot himoyachisi Nunu Mendeshni hujum chizig‘iga o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Xususan, futbolchidan chap qanot vingeri sifatida foydalanish imkoniyati o‘rganilmoqda.

Murabbiylar shtabi mazkur taktik o‘zgarish orqali gruziyalik futbolchining uzoq muddat maydonga tusha olmasligi tufayli yuzaga kelgan bo‘shliqni qisman to‘ldirishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kvarasxeliya Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «Barselona»ga qarshi o‘tkazilgan va parijliklarning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvda og‘ir jarohat olgan edi.

Tibbiy tekshiruvlar natijasida vingerning tizzasidagi xochsimon boylamlar jiddiy shikastlangani aniqlangan. Shu sababli Kvarasxeliya uchun joriy mavsum muddatidan avval yakunlangan. Uning tiklanish jarayoni taxminan 9 oy davom etishi kutilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar