iks
ads


Pike Mbappe va Gordonni taqqoslab, kutilmagan tanlovni amalga oshirdi

  • Mr.NoBoDy23.10.2026 12:00
  • 9
  • 30

«Barselona»ning sobiq himoyachisi Xerard Pike «el-klasiko» arafasida Kilian Mbappe va Entoni Gordonni o‘zaro taqqoslab, qaysi futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni istashini ma’lum qildi.

Ispaniyalik sobiq futbolchining fikricha, individual mahorat borasida Mbappe ustunlikka ega. Biroq jamoa manfaatlaridan kelib chiqib tanlov qilish kerak bo‘lsa, u Gordonni afzal ko‘radi.

«Agar futbolchilarning individual sifatlarini baholaydigan bo‘lsak, men Mbappeni tanlayman. Ammo ulardan qaysi birini o‘z jamoamda ko‘rishni istashim haqida gap ketsa, Gordonni afzal ko‘rardim», — dedi Pike.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» va «Real» o‘rtasidagi navbatdagi «El-klasiko» yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kataloniya klubi joriy mavsum Ispaniya chempionatidagi barcha uchrashuvlarida g‘alaba qozongan. Biroq jamoa Chempionlar ligasida «PSJ»dan mag‘lubiyat qabul qilib olgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar