
Argentina milliy terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvidan so‘ng Lionel Messi «Inter Mayami» klubi ixtiyoriga qaytdi.
Amerika klubi matbuot xizmati 39 yoshli hujumchining mashg‘ulotlar bazasida tushgan suratini e’lon qildi.
Messi 2026 yilning 7 oktyabriga o‘tar kechasi Argentina terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvida ishtirok etdi.
Beninga qarshi kechgan bahsda argentinaliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Messi ushbu o‘yinda bitta gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasi safida jami 208 ta uchrashuvda maydonga tushib, 126 ta gol muallifi bo‘lgan.
U terma jamoa bilan birgalikda 2022 yilgi jahon chempionati, ikki marta Amerika kubogi, Olimpiya o‘yinlari va Finalissima g‘olibligini qo‘lga kiritgan.