iks
ads


Mbappe nimadan norozi ekanligi ma’lum bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy09.10.2026 08:39
  • 21
  • 30

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoa tomonidan yetarlicha qo‘llab-quvvatlanmayotgani sababli «Oltin to‘p»ni qo‘lga kirita olmasligini hisoblamoqda.

Bu haqda jurnalist Ivan Martin ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, fransiyalik futbolchi «Real» uning nomzodini ommaviy axborot vositalarida qanday targ‘ib qilayotganidan norozi.

Shuningdek, Mbappe Madrid klubining sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan ham uni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlashini kutgan. Biroq Zidan uning foydasiga hech qanday bayonot bermagan.

2026 yilgi «Oltin to‘p» mukofotini topshirish marosimi 26 oktyabr, dushanba kuniga rejalashtirilgan. Tadbir Londonda bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq «Barselona» yarim himoyachisi Lamin Yamal mazkur mukofotni qo‘lga kiritish uchun asosiy favoritga aylangani ma’lum bo‘lgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar