
«Barselona» 2027 yil yozida juda shov-shuvli transferni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Kataloniya klubining asosiy maqsadi — «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland. «Ko‘k-anorranglilar» norvegiyalik futbolchi kelasi yili Premyer-liga klubini tark etish haqida o‘ylab ko‘rishi mumkin, deb hisoblamoqda.
«Barselona» prezidenti Joan Laporta Xolandning atrofidagilar bilan aloqa o‘rnatish va uning agentlari bilan uchrashishni istamoqda. Kataloniyaliklar hozirdanoq transferni rasmiylashtirishni rejalashtirmayapti. «Barsa» avvalo Xolandning rejalari va ehtimoliy shartnoma shartlari haqida ma’lumot olishni xohlamoqda.
Agar Xoland jamoasini o‘zgartirishga qaror qilsa, uni qo‘lga kiritish uchun top-klublar navbatga turishi aniq. «Barselona» prezidentining strategiyasi — harakatni boshqalardan oldinroq boshlash. Agar transferni amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘lsa, klub bu borada muayyan ishlarni oldindan amalga oshirgan bo‘ladi.
«Barselona» uchun ehtimoliy muammo moliyaviy masala bo‘ladi. Kataloniya klubiga Xoland uchun ish haqi fondida joy tayyorlash uchun vaqt kerak. Shu bilan birga, Joan Laporta bunday transfer «Barselona»ning sport va tijoriy salohiyatini tubdan o‘zgartiradi, deb hisoblamoqda.
26 yoshli Erling Xolandning «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2034 yil o‘rtalarigacha amal qiladi. Nufuzli Transfermarkt portali norvegiyalik goleadorning transfer qiymatini 220 million yevro deb baholamoqda.