«Arsenal» Vinisius uchun to‘lay oladigan maosh miqdori ma’lum bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy26.07.2026 23:00
  • 21
  • 30

Londonning «Arsenal» klubi vinger Vinisius Juniorga klub tarixidagi eng qimmat shartnomani taklif qilishga tayyor. Bu haqda The Telegraph nashri xabar beradi.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «kanonirlar» hozirda «Real»da haftasiga 465 ming yevro olayotgan braziliyalik futbolchining moliyaviy sharoitlarini yaxshilashga tayyor. Klubdagilar moliyaviy shartlar ehtimoliy bitim uchun to‘siq bo‘lmaydi deb hisoblashmoqda.

Mikel Arteta jamoasining Vinisiusga bo‘lgan qiziqishi ikkita istak bilan bog‘liq — chempionlik unvonini qo‘lga kiritgandan so‘ng tarkibni kuchaytirish va Chempionlar ligasida muvaffaqiyatga erishish. O‘tgan mavsumda «Arsenal» turnir finalida «PSJ»ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

Braziliyalik futbolchining «Real» bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan bo‘lib, bu «Arsenal»ga transfer tez orada amalga oshishiga umid bag‘ishlamoqda. Biroq hozircha klublar o‘rtasida rasmiy muzokaralar bo‘lib o‘tgani yo‘q.

Ўхшаш янгиликлар