
Bastian Shvaynshtayger Germaniya terma jamoasining ko‘rsatayotgan sust natijalari sabablari haqida fikr yuritdi.
«Mening fikrimcha, Pep Gvardiola 2013 yildan 2016 yilgacha «Bavariya»da ishlagan davrida biz uning falsafasi ta’siriga haddan tashqari berilib ketdik. Germaniya terma jamoasi o‘shandan beri nimaga erishganiga e’tibor qaratishning o‘zi kifoya.
Yevro-2016 yarim finaliga chiqqanimizdan beri eng yaxshi natijamiz Yevro-2020 (Evro-2021) musobaqasidagi chorakfinal bo‘ldi (aslida 1/8 final bo‘lib, unda Germaniya Angliyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan).
Vaholanki, bunga qadar biz ko‘p yillar davomida muntazam ravishda kamida yarim finalgacha yetib borar edik», — dedi Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Bild nashriga bergan intervyusida.