
"Real" "RB Leypsig" vingeri Yan Diomandeni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.
Insayder Ben Jeykobsning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozishicha, Madrid klubi 19 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha "Leypsig" bilan kelishuvga erishgan.
Oldinroq "qaymoqranglilar" ivuarlik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida ma’lumot berilgan edi. shuningdek, transfer summasi 90 million yevrodan oshishi mumkinligi xabar qilingan.
Diomande "RB Leypsig" safida 2025 yilning yozidan beri o‘ynab kelmoqda. U klub tarkibida jami 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va sheriklariga 10 ta golli uzatma yetkazib berdi. Futbolchining bozor qiymati 90 million yevroga baholanmoqda, Nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi esa 2030 yilgacha mo‘ljallangan.