Iraola «Liverpul»dagi ilk o‘yini haqida fikr bildirdi

  • Mr.NoBoDy26.07.2026 15:39
  • 3
  • 30

Andoni Iraola «Liverpul» bosh murabbiyi sifatidagi faoliyatini «Sanderlend» ustidan qozonilgan 4:2 hisobidagi g‘alaba bilan boshlaganiga qaramay, jamoada «to‘g‘irlanishi kerak bo‘lgan jihatlar juda ko‘p» ekanini tan oldi va «qizillar» uning boshqaruvi ostidagi yo‘lning faqat boshida turganini ta’kidladi.

Ilk o‘yinidan so‘ng fikr bildirar ekan, Iraola shunday dedi: «Menimcha, bo‘limlar har xil kechdi. Birinchi bo‘limda raqib kuchliroq edi. Umuman olganda, ikkala jamoa imkoniyatlari teng bo‘ldi.

To‘g‘irlaydigan narsalarimiz juda ko‘p, ammo bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun yaxshi boshlang‘ich nuqta. Mashg‘ulotlarni hech qanday jarohatlarsiz o‘tkazganimizdan xursand edik, lekin keyin bu holat yuz berdi».

«Liverpul» bosh murabbiyi, shuningdek, Neshvilldagi murakkab ob-havo sharoitlariga ham to‘xtalib o‘tdi:

«Ikkala jamoada ham tetiklik yetishmadi. Namlik yuqori edi, maydon esa ancha og‘ir edi. Yaxshi vaziyatlarimiz bo‘ldi, ammo shiddat (intensivlik) yetishmadi. Yanada ko‘proq ishlashimiz kerak, ammo bu faqat boshlanishi».

Ўхшаш янгиликлар