
Tojikistonda bo‘lib o‘tgan CAFA U-20 Women’s Championship 2026 musobaqasida Viktoriya Sirota boshchiligidagi O‘zbekiston U-20 ayollar terma jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritib, yurtimizga qaytib keldi.
Turnir davomida terma jamoamiz Qirg‘iz Respublikasi U-20 terma jamoasini 1:0, mezbon Tojikiston U-20 terma jamoasini esa 7:0 hisobida mag‘lub etdi. Eron U-20 terma jamoasiga qarshi bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston U-20 ayollar terma jamoasi «Fair Play» sovrini bilan taqdirlandi. Shuningdek, Shahnoza Dekanboyeva turnirning eng yaxshi futbolchisi, Shahzoda Alixonova esa musobaqaning eng yaxshi to‘purari deb topildi.
Shu tariqa O‘zbekiston U-20 ayollar terma jamoasi 3 uchrashuvda 7 ochko jamg‘arib, CAFA U-20 Women’s Championship 2026 musobaqasi g‘olibi degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.
Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati chempion jamoani ko‘tarinki kayfiyatda kutib oldi.