
«Inter» sport direktori Pyero Auzilio Andrea Pirloning Italiya terma jamoasining ehtimoliy yangi bosh murabbiyi sifatidagi nomzodi bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Oldinroq «Inter», «Milan», «Yuventus» va boshqa klublarning sobiq yarim himoyachisi Italiya futbol federasiyasi (FIGC) texnik direktori Paolo Maldini hamda uning maslahatchisi Leonardo tomonidan taqdim etilgan uzoq muddatli loyihaga rozilik bergani haqida xabar qilingan edi.
«Menimcha, Pirloning futbolchilik va murabbiylik faoliyati o‘zi haqida gapirib turibdi. Men federasiya prezidentiga, Maldini va Leonardoga ishonaman. Bu insonlar futbolni juda yaxshi tushunishadi. Pirlo, yana bir bor takrorlayman, shunday mavqega egaki, ayni damda hammamiz terma jamoaning manfaatini o‘ylashimiz va nima yaxshi yoki yomon bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylamasdan, uni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak.
Biz o‘z hissamizni qo‘shish va bir yo‘nalishda — terma jamoa uchun eng yaxshi natija sari harakat qilish haqida o‘ylashimiz lozim. Agar Pirlo murabbiy bo‘lsa, terma jamoa shunday bo‘ladi. To‘g‘risi, bu rasman e’lon qilindimi-yo‘qmi, bilmayman, lekin gazetlardan shuni bilamanki, agar u tayinlansa, unga ishlash uchun eng yaxshi sharoitlar yaratib beriladi», — dedi Auzilio.