
«PSJ» qanot hujumchisi Bredli Barkola klub bilan yangi shartnoma imzolashni rad etdi. Fransiya terma jamoasi futbolchisi joriy yozgi transfer oynasida jamoani tark etish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 23 yoshli vingerni o‘z safiga qo‘shib olish uchun asosiy da’vogar «Liverpul» hisoblanmoqda.
Barkola 2023 yilning yozidan buyon «PSJ» sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Barkolaning bozor qiymati 90 million yevroga baholanmoqda.