«An-Nasr» egalari klub qarzlarini hal qilishga kirishdi

  • Mr.NoBoDy26.07.2026 15:26
  • 6
  • 30

«An-Nasr» klubi jiddiy moliyaviy muammolarni boshdan kechirishda davom etmoqda: Saudiya klubining qarzdorligi 185 million yevrodan oshib ketgan. Bu haqda Arriyadiyah nashri xabar bermoqda.

Klubga egalik qiluvchi Saudiya Arabistonining suveren fondi (PIF) inqirozdan chiqish rejasini ishlab chiqdi va aksiyalarning bir qismini sotish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, PIF klubning amaldagi rahbariyatining ayrim moliyaviy vakolatlarini cheklashni, moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturini tayyorlash uchun mustaqil konsultantlarni jalb qilishni va potensial investorlarning takliflarini o‘rganishni niyat qilgan.

Fondga yaqin manbaning xabar berishicha, «An-Nasr» o‘z daromadlari yoki homiylik shartnomalari bilan ta’minlangan mablag‘lar bo‘lmasa, yangi futbolchi va murabbiylarni taklif eta olmaydi. Bundan tashqari, PIF klubdagi ulushni sotib olish bo‘yicha ikkita taklifni ko‘rib chiqmoqda va to‘liq sotishdan ko‘ra, qisman sotishni afzal ko‘rmoqda.

Ta’kidlanishicha, «An-Nasr»ning hozirgi qarzdorligi asosan o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra shakllangan. Tarkibida portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu to‘p surayotgan klub so‘nggi 7 yilda ilk bor mamlakat chempioniga aylangan edi.

Ўхшаш янгиликлар