«Manchester Yunayted» Lisandro Martinesni sotishga tayyor

  • Mr.NoBoDy21.07.2026 11:39
  • 48
  • 30

«Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Lisandro Martinesning kelajagi hozircha noaniq bo‘lib turibdi.

Jurnalist Endi Mittenning xabar berishicha, agar foydali takliflar tushsa, «qizil iblislar» futbolchini sotish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Klub argentinalik himoyachining o‘yinidan mamnun, biroq uning jarohatga moyilligi sababli uzoq muddatli istiqbollariga ishonmayapti.

Lisandro Martinesning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin o‘z nihoyasiga yetadi. Katta ehtimol bilan, 28 yoshli futbolchi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarda yuqoriroq maosh talab qiladi. O‘tgan mavsumda u 19 ta o‘yinda maydonga tushib, samarali harakatlar bilan ajralib turmadi.

Ўхшаш янгиликлар