
"Roma" yarim himoyachisi Manu Kone faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Loik Tanzining so‘zlariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" yarim himoyachi uchun rasmiy muzokaralarni boshladi. "Roma" klubi 25 yoshli futbolchi uchun 51 million funt sterling (60 million yevro) so‘ramoqda. Fransiyalik futbolchiga "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda, ammo "qizil iblislar" poygada "kanonirlar"dan oldinda.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Konening bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi. O‘tgan mavsumda futbolchi "Roma" safida barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2026 yilgi Jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi safida beshta o‘yinda maydonga tushgan.