"MYU" O‘zbekistonda tug‘ilgan futbolchi uchun kurashda yetakchilik qilmoqda

  • Mr.NoBoDy21.07.2026 09:26
  • 60
  • 30

"Manchester Yunayted" "Borussiya Dortmund" markaziy himoyachisi Valdemar Antonni sotib olish uchun favorit hisoblanadi.

"Aston Villa" ham 30 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda, ammo "qizil iblislar" "arilar" markaziy himoyachisi uchun kurashda yetakchilik qilmoqda, deb xabar beradi Transfer News Live. "Qizil iblislar"dan transfer taklifi tez orada kelishi mumkin.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Valdemar Antonning bozor qiymati 18 million yevroni tashkil qiladi. Germaniyalik futbolchining "Borussiya Dortmund" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.

Ўхшаш янгиликлар