
"Arsenal"ning Gabriel Martinelli uchun transfer talablari hali bajarilmagan.
Vinger bilan shartnoma imzolashga qiziqqan klublar "kanonirlar"ga uning narxini oshirib yuborilgan va "realistik emas" deb hisoblashlarini aniq aytishdi, deb xabar beradi indykaila News nashri. Braziliyalik futbolchi "Arsenal"da baxtli va ketishni istamaydi, ammo agar unga aniq takliflar tushsa, u boshqa variantlarni ko‘rib chiqishi mumkin.
Transfermarkt Gabriel Martinellining narxini 45 million yevroga baholamoqda. 25 yoshli futbolchining London gigantlari bilan shartnomasi kelasi yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi, ammo avtomatik ravishda yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud.