
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri yozgi transfer oynasida Madridning «Real» klubiga o‘tishi ehtimoli juda past.
Ishonchli manbalarga ko‘ra, yangi jahon chempioni «qaymoqranglilar» safiga qo‘shilishni juda istardi, ammo bu kelishuv amalga oshmasligi mumkin. Cadena SER xabariga ko‘ra, transfer ehtimoli 0 foizni tashkil etadi. «Real» «shaharliklar» va Ispaniya terma jamoasi yulduzini sotib olmaslik qarorini hatto mundial boshlanmasidan oldin qabul qilgan va «qirollik» klubining bu masaladagi pozisiyasi o‘zgarmaydi.
Rodrining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi bir yildan kamroq vaqt ichida o‘z nihoyasiga yetadi. Transfermarkt ekspertlari bahosiga ko‘ra, 30 yoshli yarim himoyachining transfer qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi.