
«Kristal Pelas» vingeri Ismaila Sarrga «Manchester Yunayted» klubi qiziqish bildirmoqda.
Footmercato xabariga ko‘ra, «Qizil iblislar» 28 yoshli futbolchi bo‘yicha so‘rov yuborgan. Senegallik o‘yinchiga boshqa da’vogarlar ham bor, biroq u bolaligidan «MYU»ni qo‘llab-quvvatlaydi va yaqinda mankunianliklar safida to‘p surishni orzu qilishini tan olgan.
Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, Ismaila Sarrning narxi 40 million yevroni tashkil etadi. O‘tgan mavsumda futbolchi «Kristal Pelas» safida barcha turnirlarda 45 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. «Burgutlar» yulduzining amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.