
Mashhur insayder Fabrisio Romano «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrining Madridning «Real» klubiga o‘tishni xohlayotganini tasdiqladi.
Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempionatida g‘olib chiqqan va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan 30 yoshli yarim himoyachining «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
«Rodri «Manchester Siti»dan yangi shartnoma taklifini oldi, ammo u «Real»ni orzu qiladi va u yerga o‘tishdan katta umid qilmoqda. «Real» esa bu transferga to‘liq ishonchi komil bo‘lmagan Florentino Peres sababli Rodri bo‘yicha muzokaralarni muzlatib qo‘ydi. Biror o‘zgarish bo‘lsa, bu haqda albatta xabar beraman», — degan Romano so‘zlarini keltiradi Madrid Xtra.