«Arsenal» Alvaresga muqobil sifatida e’tiborini ispan hujumchisiga qaratdi

  • Mr.NoBoDy21.07.2026 11:13
  • 36
  • 30

«Real Sosyedad» hujumchisi Mikel Oyarsabal Londonning «Arsenal» klubi qiziqishlar doirasiga tushdi.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, «kanonirlar» uchun ustuvor variant Madridning «Atletiko» klubidan Xulian Alvares bo‘lib qolmoqda, biroq argentinalik futbolchini o‘z tomoniga og‘dirib olish qiyin kechadi, shu bois ingliz grandi rahbariyati ispan futbolchisini ham kuzatib bormoqda. 29 yoshli futbolchi «Real Sosyedad»da baxtli, ammo jamoani o‘zgartirish imkoniyatini ham istisno qilmaydi.

Oyarsabal bilan shartnomaga 75 million yevro miqdoridagi tovon puli kiritilgan, Transfermarkt portali esa hujumchining qiymatini 25 million yevroga baholamoqda. Yaqinda Mikel Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempioniga aylandi.

Ўхшаш янгиликлар