
"Nyukasl" chap qanot himoyachisi Lyuis Xoll Premyer-liga gigantlarining qiziqishini uyg‘otmoqda.
"Chelsi" vaziyatni kuzatishda davom etmoqda, ammo 21 yoshli futbolchining o‘zi "Manchester Yunayted"ga o‘tishni afzal ko‘rmoqda, deb xabar beradi TEAMtalk nashri. "Ko‘klar" uchun umidli ingliz futbolchisini ishontirish qiyin bo‘ladi.
Qizig‘i shundaki, Lyuis Xoll "Chelsi"ning yoshlar tizimining tarbiyalanuvchisi va klubda 12 yil o‘ynagan. "Qarg‘alar" futbolchini 2024 yilda londonliklardan 33 million yevroga sotib olgan, Transfermarkt esa uning hozirgi transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.
O‘tgan mavsumda Xoll "Nyukasl" safida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.