«Real» ingliz klubi yulduzi haqida ma’lumot to‘plamoqda

  • Mr.NoBoDy22.06.2026 19:52
  • 33
  • 30

«Vest Xem» klubining niderlandiyalik vingeri Krisensio Sammervill Madridning «Real» klubi transfer ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda talkSPORT nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «Real» Sammervillni sotib olish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida dastlabki surishtiruvlarni boshlab yuborgan. «Bolg‘achilar» Angliya Premyer-ligasini tark etganidan so‘ng, vinger joriy yozgi transfer oynasida jamoadan ketishi kutilmoqda.

Ayni damda Sammervill Niderlandiya terma jamoasi safida Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Qayd etilishicha, futbolchi Madrid klubidan tashqari «PSJ» va «Manchester Yunayted» kabi grandlar e’tiborida ham turibdi.

2025/26 yilgi mavsumda Sammervill barcha turnirlarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, jamoasining hujumlarida katta hajmdagi ishni bajardi — uning hisobida 7 ta gol va 5 ta golli uzatma mavjud.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar