«Barselona» o‘z darvozabonini tekinga qo‘yib yuborishga tayyor

  • Mr.NoBoDy18.06.2026 12:52
  • 57
  • 30

27 yoshli darvozabon Inyaki Penya yozgi transfer oynasida «Barselona»ni tark etadi. Bu haqda jurnalist Rodjer Torello xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, ispaniyalik posbon «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning rejalaridan joy olmagan va jamoa bilan birga yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga yo‘l olmaydi. Klub rahbariyati futbolchiga yangi jamoa topishda yordam berishga tayyor va uni tekinga (erkin agent sifatida) qo‘yib yuborishi ham mumkin, biroq bu vaziyatda shartnomaga futbolchining keyingi sotuvidan ma’lum bir foiz olish bandini kiritadi.

La Liganing bir qator klublari unga qiziqish bildirayotganiga qaramay, Penyaning o‘zi faoliyatini boshqa Yevropa chempionatlaridan birida davom ettirishni afzal ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Penya — «Barselona» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U bosh jamoa safida jami 45 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 64 ta gol o‘tkazib yuborgan va 10 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Ortda qolgan mavsumni Penya ijara asosida «Elche» klubida o‘tkazdi. Darvozabonning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar