«Inter» Arauxo bilan shartnoma imzolamoqchi

  • Mr.NoBoDy18.06.2026 12:39
  • 48
  • 30

«Barselona» klubi himoyachisi Ronald Arauxo faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Corriere dello Sport nashrining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, urugvaylik futbolchining transferiga Milanning «Inter» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Milanliklar Jahon chempionati yakuniga yetganidan so‘ng futbolchining transferi bo‘yicha rasmiy taklif yuborishni rejalashtirishmoqda. Hozircha «ko‘k-anorranglilar»ning Arauxo borasidagi pozisiyasi noma’lumligicha qolmoqda.

Ronald Arauxo 2018 yilda «Boston River» jamoasidan 4 million yevro evaziga «Barselona»ga o‘tgan edi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Ortda qolgan 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi «Barselona» safida barcha musobaqalarda jami 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Transfermarkt portali Arauxoning ayni paytdagi transfer bahosini 20 million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar