Sigankov Yevropaning boshqa klubiga o‘tishi mumkin

  • Mr.NoBoDy16.06.2026 11:13
  • 57
  • 30

Ispaniyaning "Jirona" klubi va Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Viktor Sigankov faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin. "Trabzonspor" prezidenti Ertugrul Dogan yarim himoyachiga bo‘layotgan qiziqish haqida gapirib o‘tdi.

Alanya Postasi nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Turkiya klubi murabbiylar shtabi ukrainalik futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Tomonlar ushbu yozda amalga oshishi mumkin bo‘lgan transfer bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda.

"Agar ushbu transfer amalga oshmay qolsa, unda "B rejasi"ni ishga solamiz", — dedi klub prezidenti.

Sigankov 2023 yilning yanvar oyidan buyon "Jirona" sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning iyun oyi yakuniga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, uning transfer bozoridagi narxi 15 million yevroni tashkil etadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar