«Tottenxem» yangi porlayotgan yulduz uchun kurashda «Arsenal» bilan bahslashishga tayyor

  • Mr.NoBoDy15.06.2026 13:39
  • 45
  • 30

«Lill» klubi va Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Ayyub Buaddi Angliya Premyer-ligasining yana bir klubi — «Tottenxem» e’tiborini tortdi.

18 yoshli futbolchining Jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Braziliya terma jamoasiga qarshi bahsdagi (1:1) yorqin o‘yinidan so‘ng, uning ehtimoliy transferi haqidagi mish-mishlar tezlik bilan tarqala boshladi. Foot Mercato nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yarim himoyachiga da’vogarlar qatoriga «Tottenxem» ham qo‘shilgan. Ushbu transfer qiymati 50 million yevrodan oshishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ayyub Buaddiga Londonning «Arsenal» klubi ham jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi. Bundan tashqari, porlayotgan yosh yulduzning da’vogarlari qatorida «PSJ» va «Liverpul» klublari nomi ham tilga olinmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar