Iraola sobiq shogirdini «Liverpul»ga olib kelmoqchi

  • Mr.NoBoDy08.06.2026 12:13
  • 87
  • 30

«Bornmut» klubi yarim himoyachisi Aleks Skott faoliyatini «Liverpul»da davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda «The Sun» nashri.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli ingliz futbolchisining transferini «Liverpul»ning yangi bosh murabbiyi, avvalroq «Bornmut»ni boshqargan Andoni Iraola shaxsan talab qilmoqda.

Skott 2023 yildan buyon «Bornmut» sharafini himoya qilib keladi. Ortda qolgan mavsumda u barcha turnirlarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Transfermarkt» portali xavbekning bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar