Joze Mourinyo «Real» rahbariyatidan ikki nafar yangi yarim himoyachi sotib olishni so‘radi

  • Mr.NoBoDy08.06.2026 09:26
  • 51
  • 30

Bosh murabbiy Joze Mourinyo yaqin kunlarda Madridning «Real» klubida ish boshlaydi. Portugaliyalik mutaxassis jamoaning transfer bozoridagi ikkita ustuvor nishonini belgilab ulgurdi: «The Special One» o‘z jamoasida yangi pleymeyker hamda himoyaviy uslubdagi (tayanch) yarim himoyachisini ko‘rishni istamoqda, deb xabar beradi «Diario AS».

Bundan tashqari, avvalroq qayd etilganidek, Joze uchun klubning jamoaviy manfaatlarni shaxsiy manfaatlardan ustun qo‘yadigan va g‘alabalarga chanqoq bo‘lgan futbolchilarni sotib olishi prinsipial ahamiyatga ega.

Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni Florentino Peres «Real»dagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi. Klub rahbari Mourinyuning murabbiylik postiga qaytayotganini tasdiqladi. Murabbiyning rasmiy taqdimot marosimi yaqin kunlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar