Pyero Auzilio Dyumfrisning «Real»ga transferini tasdiqladi

  • Mr.NoBoDy07.06.2026 18:00
  • 51
  • 30

«Inter» sport direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Pyero Auzilio Denzel Dyumfrisning Milan klubini tark etishi borasida fikr bildirdi. Avvalroq matbuotda niderlandiyalik himoyachi Madridning «Real» klubi bilan shartnoma imzolagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Dyumfris «Real»ga o‘tdi. Unga eng ezgu tilaklarimni tilab qolaman: u shu yillar davomida «Inter» uchun borlig‘ini berganini yaxshi bilaman. Uning qalbi «neradzurri» va kim biladi deysiz, balki kun kelib yo‘llarimiz yana kesishar», — deya funksionerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Nikolo Skira.

Dyumfris Italiya klubiga 2021 yilda PSVdan ko‘chib o‘tgan edi. 30 yoshli himoyachi «Inter» libosida jami 207 ta uchrashuv o‘tkazib, 27 ta gol urdi va 28 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar